Frankofoniya 2018 bayrami Toshkentda nishonlandi [fr] [ru]

14-mart kuni Toshkent fransuz alyansida Fransiya elchixonasi Bolgariya, Misr, Gruziya, Vengriya, Chexiya, Ruminiya, Shveytsariya va Ukraina kabi Xalqaro frankofoniya tashkilotiga a’zo yoki kuzatuvchi davlatlar elchixonalari bilan birgalikda Frankofoniya bayramini nishonladi.

Elchilar va birinchi maslahatchilar so‘zga chiqishgandan keyin, bayramga tashrif buyurganlar ishtirokchi elchixonalar tomonidan taqdim etilgan stendlarni tomosha qilishdi. Stendlarda har bir mamlakat to‘g‘risida ma’lumotlar olishdi, turli tanlovlarda faol ishtirok etganlar har xil sovg‘alar yutib olishdi.

Keyin ko‘pchilik orziqib kutgan Frankofoniya tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viktorina va diktant tanlovlarining uchtadan g‘oliblari ishtirok etishib, fransuz yozuvchisi Sent-Ekzyuperidan iqtibos keltirilgan « Sening qarashlaring menikidan farqlansa, meni qashshoqlashtirmaysan, aksincha, boyitasan » jumlasi yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qilishdi, o‘zaro mubohasaga kirishishdi. Bahs-munozaralar yakuni bo‘yicha hakamlar hay’ati quyidagi natijalarni e’lon qildi:

1. Mohira Zayniddinova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) talabasi
2. Humoyun Boboyev, JIDU talabasi
3. Laylo Turabova, JIDU talabasi
4. Muhammadamin Hamroqulov, JIDU talabasi
5. Madina G‘aniyeva, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) qoshidagi akademik kitsey o‘quvchisi
6. Lola Mansurova, O‘zDJTU talabasi

Tanlov g‘olibiga CIF-Lions Clubs xalqaro frankofon markazlari tomonidan taqdim etilgan 2018-yil iyul oyida Fransiyaga yo‘llanma bilan taqdirlandi. Xalqaro aviachipta Fransiya elchixonasi tomonidan to‘lanadi.

2-o‘rin sohibi ham CIF-Lions Clubs tomonidan Fransiyaga yo‘llanma bilan taqdirlandi.
3-o‘rin esa Toshkent fransuz alyansi tomonidan fransuz tili kurslarida bepul ta’lim olish uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

«Frankofon teatr va ashula festivali uchun afisha» tanlovi g‘oliblari ham e’lon qilindi.
1-o‘rin – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Gavhar Mirxalilova
2-o‘rin – Farg‘ona Davlat universiteti talabasi Islombek Soliyev
3-o‘rin – Toshkent shahar 112-son o‘rta maktab o‘quvchisi Farangiz Mirxalilova

Rassom va grafist Inna Sandler tanlov g‘olibining afishasidan III Frankofon teatr va ashula festivalining rasmiy afishasini yaratishda foydalandi.

Barcha tanlov g‘oliblari elchixonalar tomonidan turli sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

15-mart kuni Frankofoniya bayrami Ilhom teatrida davom etdi. Fransiyalik rejissyor va artist Natali Konio-Toven o‘zbek skripkachisi Alirna Koriyeva bilan birgalikda rus shoirasi Marina Svetayevaning fojiali taqdiridan hikoya qiluvchi fransuz va rus tillaridagi spektaklni san’at ixlosmandlariga havola etdi.

Kelasi yili Frankofoniya bayramini yana birgalikda nishonlashda uchrashguncha deb qolamiz.

ZainiddinovaMokhira, 1er prix
Boboev Khoumoyoun, 2ème prix
Tourabova Lailo, 3ème prix

publie le 09/07/2018

hautdepage