Frankofoniya 2020: Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr va ashula festivali hamda Fransiya elchisi diktanti [fr] [ru]
Mart oyida, pandemiya tufayli barcha madaniy tadbirlar qoldirilishi arafasida, O‘zbekistonning ko‘pgina viloyatlaridan tashrif buyurgan 300 dan oshiq talaba va o‘quvchilarning 35 ta jamoasi V Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr va ashula festivalida ishtirok etishdi. Ushbu festival Fransiya elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Davlat yoshlar teatri bilan hamkorlikda o‘tkazildi va Frankofoniya bayramining 50 yillik yubileyiga bag‘ishlandi.
Jamoalar va eng yaxshi aktyorlar fransuz tili o‘qituvchisi Yuliya Mrachkovskaya, Toshkent fransuz alyansi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yuliya Li, fransuz Jan Boduinlardan iborat va elchixona madaniyat va hamkorlik ishlari bo‘yicha maslahatchisi Emili Dezormiyer xonim boshchiligidagi hakamlar hay’ati qarori asosida 13 ta Molyer bilan taqdirlandi. Mukofotlar g‘oliblarga Fransiya elchisi Izabel Servoz-Galluchchi tomonidan topshirildi.
Frankofoniya bayrami munosabati bilan O‘zbekistondagi 9 ta universitetda “Elchi diktanti” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazilgan edi. Ushbu bosqichning 9 nafar g‘olibi mart oyi oxirida o‘tkazilishi mo‘ljallangan final bosqichida ishtirok etishlari kerak edi. Final bosqichi qoldirilganligi sababli, Fransiya elchixonasi g‘olib talabalarni yoz oylarida ikki haftalik fransuz tili onlayn kurslari bilan taqgirlaydi. Ushbu kurslar Vishi fransuz alyansi – CAVILAM tomonidan olib boriladi.
Frankofoniya 2020 tanlovlarining barcha ishtirokchilari hamda ularning o‘qituvchilariga tasannolar aytamiz!
“Elchi diktanti” tanlovining g‘oliblari:
- Gulasal Xudayberganova, Urganch davlat universiteti talabasi
- Gulnoza AZAMOVA, Qarchi davlat universiteti talabasi
- Mubina RAHIMOVA, Andijon davlat universiteti talabasi
- Zaynabxon MAMATOVA, Farg’ona davlat universiteti talabasi
- Mehrojbonu OCHILOVA, Buxoro davlat universiteti talabasi
- Rushana SHARIPOVA, Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi
- Feruza SHODMONOVA, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
- Leyla SOBIROVA, O’zbekiston Milliy universiteti talabasi
- Madina SUNNATOVA, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
Festivalning 2020-yilgi g‘oliblari
1. Boshlang‘ich sinflar orasida eng yaxshi aktrisa
Durdona Shuhratova, Buxoro shahar 39-maktab 4-sinf o‘quvchisi, “Sharqona ertak” spektakli
2. Yuqori sinflar orasida eng yaxshi aktrisa
Diana Mamarizayeva, Farg‘ona shahar “Terra nova” xususiy maktabining 9-sinf o‘quvchisi, “Yig‘layotgan yer” spektakli
3. Talabalar orasida eng yaxshi aktrisa
Nigora Hasanova, Farg‘ona Davlat universiteti ikkinchi bosqich talabasi, “Jaydari kelin” spektakli
4. Boshlang‘ich sinflar orasida eng yaxshi aktyor
Bunyodbek Jumaboyev, Yangibozor tumani 25-maktab 2-sinf o‘quvchisi, «Mehridaryo daraxt» spektakli
5. Yuqori sinflar orasida eng yaxshi aktyor
Murodjon Ahmadov, G‘ijduvon tumani 6-maktab 10-sinf o‘quvchisi, «Kechagidan yaxshi» spektakli
6. Talabalar orasida eng yaxshi aktyor
Omonjon Jalolov, Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti ikkinchi bosqich talabasi, “Ming bir kecha” spektakli
7. Boshlang‘ich sinflar jamoalari orasida eng yaxshi sahna asari uchun Molyer
Navoiy shahar 6-maktab o‘quvchilarining “Bag‘dod malikasi nikoh to‘yi” spektakli
8. Yuqori sinflar jamoalari orasida eng yaxshi sahna asari uchun Molyer
Toshkent shahar 112-maktab o‘quvchilarining “Buyuk ajralish” spektakli
9. Oliy o‘quv yurtlari jamoalari orasida eng yaxshi sahna asari uchun Molyer
Farg‘ona Davlat universiteti talabalarining “Jaydari kelin” spektakli
10. Eng yaxshi postanovka uchun Molyer
Andijon Davlat universiteti talabalarining “Tabiatsiz kelajak yo‘q” spektakli
11. Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti
Urganch tumani 14-maktab jamoasining «Bir qarashda muhabbat» spektakli
12. Eng yaxshi dramaturgik adaptatsiya uchun Molyer
Vobkent tumani 14-maktab jamoasi «Kuch daraxti» spektakli
13. Eng yaxshi ashula uchun Molyer
Navoiy Davlat pedagogika instituti, “Tabiatni asraylik” spektakli.