Frankofoniya bayrami tanlovlarining g‘oliblari

Fransiya elchixonasi Xalqaro Frankofoniya tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning Toshkentdagi elchixonalari bilan birgalikda bir qator tanlovlarni tashkil qildi. Ularda ko‘plab o‘quvchilar, talabalar va fransuz tili o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Quyida g‘oliblar va ularning ishlari bilan tanishingiz mumkin:

1. «O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rganuvchilar uchun shior» tanlovi:

1-o‘rin: «Fransuz tili bir gul, biz uni kapalaklarimiz!»
Muallif: Oyjamol Rahmonova, Andijon Davlat universiteti.
2-o‘rin: «Fransuz tilini o’rganamiz – Dunyo bilan do’stlashamiz!»
Muallif: Zumrad Sattorova, Toshkentdagi 51-sonli maktab.
3-o‘rin: «Qani, do‘stlar, fransuz tili sizni kutmoqda!»
Muallif: Feruz Bobojonov, Isteza madaniyat markazi, Buxoro.

2. «O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rganuvchilar uchun afisha» tanlovi:

1-o‘rin: Guljahon Ahmadova, Toshkent
2-o‘rin: Zarnigor Boqiyeva, Buxoro
3-o‘rin: Alyona Zemlina, Toshkent

1er prix : Guljahon AHMADOVA, Tachkent
2ème prix : Zarnigor BOQUIEVA, Boukhara
3ème prix : Alyona ZEMLINA, Tachkent

3. «O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rganuvchilar uchun videoklip» tanlovi:

Aziza Toxtayeva (Toshkent arhitektura va qurilish instituti), 1-o‘rin: www.youtube.com/watch ?v=fj9QSc5FV1E&spfreload=10
Sabina Bakiyeva (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti), Aziza Haydarova (Toshkentdagi Vestminster universiteti) va Konstantin Xvan (Toshkentdagi Gubkin nomidagi neft va gaz universiteti), 2-o‘rin: www.youtube.com/watch ?v=hSkt_L3dL9g
Rahim Muxtorov, Timur Mustafin va Shahzod Mamajonov (O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti), 3-o‘rin: www.youtube.com/watch ?v=Barn2Ecea2o&feature=youtu.be

4. «Fuqarolar COP21 uchun!» tanlovi:

Shuhrat Keldiyorov (O‘zbekiston Milliy universiteti) va Aziza Haydarova (Toshkentdagi Vestminster universiteti) «Fuqarolar COP21 uchun!» nomli tanlovida g‘alaba qozonishdi va Fransiyaga sayohat qilish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lishdi. Ular joriy yilning iyul oyida Parijdagi Fransiya instituti tomonidan tashkil etiladigan « LabCitoyen » dasturida ishtirok etishadi. Har yili butun dunyodan kelgan yoshlar bu dastur doirasida Fransiyada bo‘lishadi.

Final bosqichining ishtirokchilari: Zahro Aliyeva (Buxoro davlat universiteti), Rustam Shokirov (O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti), O‘lmasali Dovudov (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti), Zarina Hoshimova (O‘zbekiston Milliy universiteti), Konstantin Xvan (Toshkentdagi Gubkin nomidagi neft va gaz universiteti) va Dilfuza Zokirxo‘jayeva (O‘zbekiston Davlat jahon tillar universiteti).

publie le 26/03/2015

hautdepage