Frankofoniya bayrami va Akademik Palma ordenlari topshirilishi munosabati bilan qabul marosimi

17-18-mart kunlari nishonlangan Frankofoniya bayrami munosabati bilan Fransiya elchisi o‘z qarorgohida qabul marosimi o‘tkazdi. Unda Xalqaro Frankofoniya tashkilotiga a’zo davlatlarning Toshkentdagi elchilari, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektorlari, fransuz tili o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Qabul marosimida Fransiya elchisi 6 nafar o‘zbekistonlikka Akademik Palma ordenlarini topshirdi. Mukofotlanganlar ro‘yxati:

Shuhrat QAYUMOV, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektori;
Islom DEHQONOV, Farg‘ona Davlat universiteti o‘qituvchisi;
Svetlana MAKARYANS, Toshkent shahar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti metodisti;
Irina MAVLANOVA, Buxorodagi «Isteza» fransuz madaniyat markazi direktor muovini;
Pathiddin NISHONOV, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi;
Aziza ZOIROVA, Qarshi Davlat universiteti fransuz tili o‘qituvchisi va chet tillar fakulteti dekani muovini.

Fransiya davlatining faxriy mukofoti hisoblanmish Akademik Palma ordeni bilan Fransiya fuqarolari ta’lim sohasida ko‘rsatgan buyuk xizmatlari uchun yoki xorijliklar fransuz tili va madaniyatini targ‘ib etishdagi faol ishtiroki uchun taqdirlanadilar.

publie le 11/04/2016

hautdepage