« Frankofoniyaga bag‘ishlangan diktant » [fr] [ru]

Frankofoniyaning 50 yilligi munosabati hamda Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan elchixonaning hamkorlari hisoblangan O’zbekistonning 9 ta universiteti tomonidan 2-6-mart kunlari Frankofoniyaga bag‘ishlangan milliy diktant tashkil etildi. Unda 350 nafar fransuz tilini o’rganuvchi talabalar qatnashdilar. Fransiya elchixonasi viloyatlararo diktant uchun Amin Maalufning “Samarqand” romanidan parcha tanladi.

2020-yil 19-mart kuni Toshkent fransuz alyansida bo’lib o’tadigan “Elchi diktanti”da qatnashadigan yakuniy bosqich ishtirokchilari quyidagilar:

- Gulasal Xudayberganova, Urganch davlat universiteti talabasi
- Gulnoza AZAMOVA, Qarchi davlat universiteti talabasi
- Mubina RAHIMOVA, Andijon davlat universiteti talabasi
- Zaynabxon MAMATOVA, Farg’ona davlat universiteti talabasi
- Mehrojbonu OCHILOVA, Buxoro davlat universiteti talabasi
- Rushana SHARIPOVA, Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi
- Feruza SHODMONOVA, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
- Leyla SOBIROVA, O’zbekiston Milliy universiteti talabasi
- Madina SUNNATOVA, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi

Hamkor universitetlarga va ayniqsa O’zbekistonning to’rt burchagida ushbu milliy diktantni o’tkazgan, o’qib bergan va tekshirgan o’qituvchilarga minnatdorlik bildiramiz.

publie le 12/03/2020

hautdepage