Fransis Deleg haloq bo‘ldi [fr] [ru]

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi shu elchixona xodimi, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalarida vakolatga ega mintaqaviy operativ xavfsizlik xizmati boshlig‘i Fransis Delegning 2017-yil 27-may kuni baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lganligini katta qayg‘u bilan ma’lum etadi.

Elchixonaning barcha xodimlari marhumning oila a’zolari, yaqinlari hamda u ilgari xizmat qilgan elchixonalarda va Milliy politsiyada birga ishlagan sobiq hamkasblariga chuqur hamdardligini bildiradi.

Shu bilan birga elchixona fransiyalik, o‘zbekistonlik va boshqa davlatlar fuqarolariga ularning shu og‘ir damlarda qullab-quvvatlaganliklari va hamdardliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

publie le 29/05/2017

hautdepage