ENA va Davlat boshqaruvi Akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi [fr] [ru]

Fransiya Davlat boshqaruvi oliy maktabi (ENA) xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Pyer Tenar 29-30-noyabr kunlari ENA va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik bitimining O‘zbekiston tarafidan imzolanishi munosabati bilan Toshkentga tashrif buyurdi.

2018-yilning 27-sentabr kuni Parijdagi ENA qarorgohida janob Norov boshchiligidagi Davlat boshqaruvi akademiyasining bir qator vakillaridan tashkil topgan delegatsiya ishtirokida ENA raisi tomonidan imzolangan ushbu bitimni O‘zbekiston tarafdan 30-noyabr kuni Prezident maslahatchisi, Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Rustam Qosimov imzoladi.

Imzolash marosimodan so‘ng janob Tenar ENA tashkil etadigan Davlat boshqaruvi bo‘yicha xalqaro maxsus kurslarda (CISAP) ilgari ishtirok etgan o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Ushrashuvda joriy yilning sentabr oyidagi «Mahalliy hukumat » va «Korrupsiyaga qarshi kurash» kurslarini tinglagan stajyorlar ham ishtirok etishdi.

Tashrifi doirasida Pyer Tenar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan BMT taraqqiyot dasturi hamda Akademiya tomonidan tashkil etilgan konferensiyada qatnashdi va ko‘plab hamkorlar bilan muloqotda bo’ldi.

publie le 23/01/2019

hautdepage