Fransiya / Markaziy Osiyo: Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan Markaziy Osiyoning beshta davlati elchilari bilan uchrashdi [fr] [ru]

Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan 2019-yil 4-noyabr kuni Parijdagi O’zbekiston elchixonasi tomonidan tashkil etilgan tushlik munosabati bilan Markaziy Osiyoning beshta elchisi bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuv chog’ida tomonlar Markaziy Osiyoda Yevropa Ittifoqi strategiyasini amalga oshirish va Fransiya harakatlari, iqlim o’zgarishiga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlar, Afg’onistondagi vaziyatning o’zgarishi hamda mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

Fransiya so’nggi uch yil ichida Markaziy Osiyoning besh davlati o’rtasidagi hamkorlikda erishilgan muvaffaqiyatlarni olqishlaydi. Fransiya Markaziy Osiyodagi faolligini iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalarda mustahkamlash niyatida.

Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan 2017-yil sentabr oyida Qozog’istonga tashrif buyurdi, 2019-yil aprel oyida esa Turkmaniston, O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’izistonga safar qildi.

publie le 06/11/2019

hautdepage