Fransiya Parij bitimining O‘zbekiston tomonidan imzolanishidan mamnunligini bildirdi [fr] [ru]

Fransiya Parij bitimining bir yilligi arafasida mazkur bitimning O‘zbekiston tomonidan imzolanishidan mamnunligini bildirdi. Parij Bitimi Birlashgan Millatlar Tashkilotida 2016-yil 22-aprel kuni imzolangan edi.

COP 21 anjumaniga raislik qilgan Fransiya ushbu ilk umumdunyoviy bitim imzolanishi yo‘lida batamom safarbar bo‘lgan edi. Mazkur Bitim iqlim o‘zgarishlari insoniyat uchun, sayyoramiz uchun katta tahdid ekanligini, butun dunyo mamlakatlari birgalikda iqlim isib ketishining oldini olish, parnik effektini beruvchi gazlar chiqarilishini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya resurslarini rivojlantirish uchun bahamjihat xatti-harakatlar qilish zarurligini ta’kidlaydi.

Parij bitimini 2017-yil 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchisi Baxtiyor G‘ulomov imzoladi va natijada O‘zbekiston mazkur bitimni imzolagan 195-davlat bo‘ldi.

Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Eyro 14-15-aprel kunlari Toshkentga safari chog‘ida, shuningdek, 29-mart kuni Parijda O‘rta Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari bilan ushrashuvida bunday bitimning katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan edi.

JPEG

publie le 25/04/2017

hautdepage