Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) Samarqand shahrida maishiy qattiq chiqindilarni boshqarishni modernizatsiya qilish bo’yicha o’zining loyihasini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasiga o’zining birinchi kreditini berilishini imzoladi [fr] [ru]

Toshkent, 19-dekabr 2016-yil. 19-dekabr kuni Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) O’zbekiston Respublikasi bilan Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiya qilish bo’yicha loyihani moliyalashtirish uchun umumiy summasi 23,5 mln. yevro bo’lgan Kredit kelishuvini imzoladi. Mazkur moliyalashtirish O’rta Osiyo uchun Investitsion Jamg’arma (IFCA) doirasida beriladigan Yevropa Ittifoqining 8 mln. yevro miqdoridagi subsidiyasi bilan to’ldiriladi.

Imzolash marosimi O’zbekiston Respublikasining Moliya vaziri janob Batir Xodjaev, FTA Osiyo davlatlari boshqarmasi boshlig’i janob Paskal Pako, Fransiyaning O’zbekistondagi elchisi Violen Biyet de Vilmor xonim, FTAning O’zbekistondagi vakolatxonasi direktori janob Rafael Jozan va Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi vakolatxonasi Hamkorlik bo’yicha boshlig’i janob Ovidiu Mik ishtirokida o’tkazildi.

Loyiha Samarqand shahrida eng ilg’or tajribalar va jahon andozalariga muvofiq maishiy chiqindilarni samarali va uzoq muddatli yaxlit boshqarishning yaratilishiga qaratilgan. Loyiha chiqindilarni boshqarishning (ayniqsa, 200 ta chiqindi yig’ish punktlarini qurish va ta’mirlash, 70ta chiqindi yig’ish transportini xarid qilish, qattiq maishiy chiqindilarni sortirovka qilish markazi va ularni ko’mish markazini, shuningdek axlatxonada ajraladigan biogazni qayta ishlash bo’yicha bioreaktor bo’lib ishlaydigan uskunalarni o’rnatishni) o’z ichiga olgan barcha ishlarni va barcha zanjirni, ularni yig’ish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishni moliyalashtirishni qamrab oladi. Bundan tashqari, loyiha mutaxassislarni tayyorlash, Samarqand shahar hokimiyatiga va chiqindilarni yig’ishtirishga ixtisoslashgan Maroqand Obod shahar korxonasiga institutsional yordam ko’rsatish, shuningdek aholiga maishiy chiqindilarni boshqarishga taalluqli ma’lumot berish bo’yicha tadbirlarni o’tkazishni o’z ichiga oladi.

Loyiha bo’yicha ko’zda tutilgan, maishiy qattiq chiqindilarni texnik ko’mish markazi bioreaktor bo’lib, maksimal darajada biogaz ishlab chiqarish maqsadida faoliyat kursatadi. Ushbu ishlab chiqarilgan gaz chiqindilarni yig’ish transportlariga quyiladi.
Mazkur yaxlit loyiha O’zbekistonda, qolaversa butun O’rta Osiyo regionida birinchi hisoblanadi.

Ushbu loyiha O’zbekistonda FTAning Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan birinchi operatsiyasidir. U Fransiya va O’zbekiston Respublikasi hukumatlari o’rtasida FTA va PRORARKO tashkil qilish va ularning faoliyati to’g’risida 2016-yil 8-dekabr kuni Gamburg shahrida, Fransiya va O’zbekiston tashqi ishlar vazirlari janob Jan-Mark Ero va janob Abdulaziz Komilov tomonidan imzolangan kelishuvning davomi bo’ldi.

«Mazkur loyihaning O’zbekiston bilan imzolanishi juda yaxshi yangilik bo’ldi. U Fransiya va O’zbekistonning ikki tomonlama munosabatlarini mustahkamlash va FTA bilan yangi hamkorlik yo’lini ochadi», deb ta’kidladi Fransiyaning O’zbekistondagi elchisi Violen Biyet de Vilmor xonim.

Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA)

Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) – bu Fransiya hukumati tomonidan belgilangan rivojlantirish siyosatini amalga oshirib kelayotgan davlat moliya institutidir. Qashshoqlik bilan kurashish va barqaror rivojlanishga ko’maklashish FTAning vazifalari hisoblanadi. O’z faoliyatini 4ta qit’ada o’zining 75ta davlatda vakolatxonalari orqali amalga oshirib, FTA aholini yashash sharoitlarini yaxshilash, iqtisodiy rivojlanishga ko’maklashish va sayyorani himoya etishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtiradi va qo’llab boradi. 2015-yilda FTA rivojlanayotgan davlatlarda va dengiz orti hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirilishiga 8,3 mlrd. yevro ajratgan.

publie le 23/12/2016

hautdepage