Fransiya davlat stipendiyasi uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda! [fr] [ru]

2018-2019 o‘quv yili uchun Fransiya davlat stipendiyasiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Stipendiya anketasini Kampus Frans bo‘limi saytidan ko‘chirib olishingiz mumkin.

Hujjatlaringizni 2018-yil 28-fevral kunigacha Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga shaxsan topshirishingiz lozim. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi manzilga yozishingiz mumkin: campus.ouz @ gmail.com va/yoki leila.broncard @ diplomatie.gouv.fr

Fransiyada ta’lim olish hamda hujjatlar to‘ldirish masalalari yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, har chorshanba soat 15.30 dan 17.30 gacha Toshkent fransuz alyansida joylashgan Kampus Frans bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

publie le 09/02/2018

hautdepage