Fransiya elchisi qarorgohida milliy bayram munosabati bilan qabul marosimi

14-iyul – Fransiya miliy bayrami munosabati bilan elchi qarorgohida qabul marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘aniyev, Senatning tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi S. Safoyev, Ombudsman U. Muhammadiyev, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari D. Hakimov, Mudofaa vaziri o‘rinbosari polkovnik A. Burhonov, Moliya vaziri o‘rinbosari B. Ashrafxonov, deputatlar va boshqa arboblar ishtirok etgan ushbu marosimda qilgan nutqida elchi janoblari Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosat, iqtisodiyot va madaniyat sohalaridagi o‘zaro munosabatlarning jadal sur’atlarda va samarali rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi.

Marosim davomida mehmonlar «Jazzirama» ansambli ijrosidagi musiqiy dasturni tinglash va fransuz taomlaridan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘lishdi. Bayramda ishtirok etgan 550 dan oshiq mehmonlarning 70 foyizini O‘zbekiston fuqarolari tashkil etganligi tantananing muvaffaqiyatli o‘tganidan dalolat beradi. Qabul marosimini o‘tkazishda 29 o‘zbek va fransuz homiylari o‘z hissasini qo‘shishdi.

Qabul marosimidan fotosuratlarni elchixonaning Facebook tarmog‘idagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin : www.facebook.com/ambafrancetachkent

publie le 15/09/2015

hautdepage