Fransiya elchisi qarorgohida milliy bayram munosabati bilan qabul marosimi [fr] [ru]

14-iyul – Fransiya milliy bayrami munosabati bilan 600 ga yaqin mehmon ishtirokida elchi qarorgohida qabul marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari U. Rozuqulov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A. Nosirov, Mudofaa vaziri o‘rinbosarlari General-mayor A. Burhonov va J. Meliboyev, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari O. Mustafoyev, Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha Bosh direktorati rahbari Stefano Manservisi va ko‘plab o‘zbekistonlik va xorijiy arboblar ishtirok etgan ushbu marosimda qilgan nutqida elchi Violen de Vilmor xonim Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi xavfsizlik, iqtisodiyot, ta’lim va madaniyat sohalaridagi o‘zaro munosabatlarning sifatiga alohida urg‘u berdi.

Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar «Jazzirama» ansambli va akkordeonchi Anvar Rahmatullayev ijrosidagi musiqiy dasturni tinglash va «Morgan», «Jenyfer», «Etam» va «Celio» fransuz markalaridan modalar namoyishini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Qabul marosimini o‘tkazishda 33 nafar o‘zbek va fransuz homiylari o‘z hissasini qo‘shishdi.

Qabul marosimidan fotosuratlarni elchixonaning Facebook tarmog‘idagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

M. Otabek Mustafaev, vice-ministre de l'Agriculture
Le Général Akhmad Burkhonov, vice-ministre de la Défense, et M. Melibaev, vice-ministre de la Défense
M. Ilkhomjon Nematov, ambassadeur itinérant
Mme Sayora Rachidova
M. Stefano Manservisi, Directeur Général de la Direction Générale de la Coopération internationale et du Développement à la Commission européenne
M. Ismatulla Irgashev, représentant spécial du Président pour l'Afghanistan
M. Alisher Kurmanov, sénateur, président de la Commission de politique étrangère au Sénat
M. Ulugbek Rozukulov, Vice-Premier ministre
Ensemble "Jazzirama"
Accordéoniste Anvar Rahmatullaev

publie le 20/07/2017

hautdepage