Fransiya elchisining Farg‘ona vodiysiga safari

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Jak-Anri Els janoblari joriy yilning 22-24-may kunlari Farg‘ona vodiysida safarda bo‘ldi. Andijon shahrida elchi Andijon Davlat universiteti rektori A. Yo‘ldoshev qabulida bo‘ldi. Shuningdek elchi janoblari mazkur universitetning fransuz tili kafedrasi o‘qituvchilari va talabalar bilan bilan uchrashdi. Farg‘ona shahrida Els janoblari fransuz tili chuqurlashtirib o‘rgatiladigan 3-son o‘rta maktabga tashrif buyurdi. Shu munosabat bilan ushbu maktabga fransuz tili darsliklari va fransuz tilidagi adabiyotlar taqdim etildi. Elchi janoblari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi vakili Sulaymonov bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yuzasidan fikr almashildi. Els janoblari Marg‘ilondagi “Yodgorlik” shoyi fabrikasini ham borib ko‘rdi. Ushbu fabrika Fransiyaning Lion shahridagi hamkorlar bilan munosabatlar o‘rnatgan.

23-may kuni Farg‘ona shahridagi al-Farg‘oniy madaniyat va istirohat bog‘ida Fransiya va Germaniya elchilari mahalliy hokimiyat vakili bilan birgalikda “Sirk.uz” deb nomlangan ko‘cha sirki tomoshalarini ochib berishdi. 21-may kuni Toshkentda taqdim etilgan mazkur sirk tomoshasi Germaniya Federativ Respublikasi va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonalari hamda “O‘zbeksirk” Respublika birlashmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Loyihada fransiyalik dorbozlar, germaniyalik akrobatlar, shuningdek, Toshkent sirki artistlari ishtirok etishdi.

publie le 04/06/2015

hautdepage