Fransiya elchixonasi tuhfasi

Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari 27-mart kuni fransuz tili chuqurlashtirib o‘rgatiladigan bir qator maktablarga fransuz tili darsliklari va qo‘llanmalari to‘plamini taqdim etdi. Toshkent shahridagi 48, 51, 162-son, Parkent tumanidagi 9-son, Samarqand shahridagi 43-son, G‘ijduvon tumanidagi 62-son, Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-son maktablar vakillari har xil fransuz tili darsliklari va metodlaridan iborat to‘plamlarni qabul qilib olishdi.

Ushbu xayrli ish Fransiya elchixonasining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi bilan hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirildi.

publie le 31/03/2015

hautdepage