Fransiya elchixonasida 14-iyul munosabati bilan o‘tkazilgan qabul marosimi [fr] [ru]

14-iyul Milliy bayrami Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasida 600 ga yaqin kishi ishtirokida nishonlandi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo‘jayev, Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Sohib Saifnazarov, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov, Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov va boshqa o‘zbek hamda xorijiy mehmonlar ishtirokida o‘tgan tadbirda elchi Violen de Vilmor Fransiya va O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan holda nutq so‘zladi va unda iqtisodiy almashuv, barqarorlikni, xususan, Samarqandda oliy darajada o‘tgan va keyin mart oyida Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha o‘tgan yuqori darajadagi konferensiyalar chog‘ida ilgari surilgan ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha harakatlarni qo‘llab-quvvatladi. Elchi Fransiya Respublikasi Prezidentining tinchlik bo‘yicha forumiga to‘xtalib o‘tdi. U siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik, ta’lim, madaniyat va sport kabi barcha sohalardagi ikki tomonlama Fransiya-O‘zbekiston munosabatlarining sifatiga alohida urg‘u berdi.

Elchi Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning oktabr oyiga mo‘ljallangan uchrashuvidan, shuningdek, 20-iyulda Parij shahrida janob Suhrob Xolmurodov va Fransiyaning Yevropa va Tashqi ishlar vaziri janob Jan-Iv Le Drian hamda Fransiyaning Yevropa va Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi janob Jan-Batist Lemuan hamraisligidagi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tishidan baxtiyor ekanligini bildirdi.

Ochilish marosimidan so‘ng fransuz uslubidagi buffet, fransuz brendlarining modalar namoyishi, Hansley Poinen guruhining konserti va 14-iyul bali bo‘lib o‘tdi. Bayram ko‘p sonli fransuz va o‘zbek homiylarining ishtiroki tufayli tashkil etildi.

Bayram suratlarini bizning Facebook’dagi sahifamizda va Telegram’dagi kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

L'Ambassadeur avec M. Vladimir Norov, directeur de l'Institut d'études stratégiques et interrégionales
M. Azim Akhmedkhodjaev, Ministre du Développement des TIC
M. Sukhrob Kholmuradov, Vice-Premier ministre (à droite)
Mme Violaine de Villemeur, Ambassadeur de France en Ouzbékistan

publie le 26/09/2018

hautdepage