Fransiya hukumati 13-noyabrdan 13-dekabrgacha davlat chegaralari nazoratini o‘rnatishga qaror qildi

2015-yil 30-noyabrdan 11-dekabrgacha Fransiyada BMTning COP 21 anjumani bo‘lib o‘tadi. Ushbu anjumanda bir qator davlat va hukumat rahbarlari, nodavlat tashkilotlar delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Fransiya hukumati 13-noyabrdan 13-dekabrgacha bir oy davomida davlat chegaralari nazoratini o‘rnatishga qaror qildi.

Ushbu qarorda quyidagilar ko‘zda tutiladi : chet ellik shaxslar Fransiya chegarasidan o‘tayotganda Fransiya hududiga kirish, u yerda harakatlanish va istiqomat qilish huquqini beruvchi hujjatlarni ko‘rsatishlari lozim. Avtotransport, temir yo‘l, havo transporti hamda kemalar vositasida kirayotgan xorijlik fuqarolar chegarada ko‘p ushlanib qomasliklari va o‘z harakatlarini yengillashtirish uchun ushbu tavsiyalarga rioya qilishlari shart.

Albatta, bu davr mobaynida Fransiya konsullik bo‘limlari odatdagi sharoitda faoliyat yuritadilar va Fransiyaga hamda Shengen hududiga kirish uchun vizalarni berishda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.

publie le 07/12/2015

hautdepage