Fransiya taraqqiyot agentligi Yashil iqlim fondi bilan o‘zining Asosiy bitimini imzoladi: ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda [fr]

Frankfurt, 11-noyabr 2017-yil - Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) bosh direktori Remi Riu va Yashil iqlim fondining ijrochi direktori Govard Bamsey shu kuni Frankfurtda akkreditatsiya bo‘yicha Asosiy bitim imzolashdi (Akkreditatsiya bo‘yicha Asosiy bitim - AAB). Bu bitim FTAning Yashil Iqlim Fondi hamkorlari ro‘yxatiga kiritilishini rasmiylashtirdi.

Mazkur Bitim har bir muassasa roli va majburiyatlarinibelgilaydi hamda uning imzolanishi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun zaruriy shartdir. Shunday qilib, ikki institut o‘rtasidagi hamkorlik yanada faollashadi. FTA Yashil iqlim fondiga taklif qiladigan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha loyihalarining hajmi va ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda.

Akkreditatsiyadan so‘ng FTA iqlimni muhofaza qilishda yanada ko‘proq va yaxshiroq harakat qiladi

Yashil iqlim fondidagi akkreditatsiya FTAga iqlim muhofazasi uchun ko‘proq va yaxshiroq harakat qilish imkonini beradi. Ko‘proq harakat qilish – iqlim muhofazasi uchun qo‘shimcha resurslarni jalb qilish. Yaxshiroq harakat qilish – Yashil iqlim fondi bilan yuqori darajadagi ta’sir dasturlarini ishlab chiqishdir.

Bugungi kunda kelgusi uch yil davomida Yashil iqlim fondiga taqdim etiladigan FTAning 15ta loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Ikki loyiha tasdiqlanib bo‘lgan:
-  2017-yilning aprel oyida: Marokashning janubi-sharqida sug‘orish va iqlim o‘zgarishiga qishloq xo‘jaligini moslashishi loyihasi (20 million AQSh dollari miqdoridagi granti)
-  2016-yilning oktabr oyida: Senegalda shaharlarni suv toshqinidan saqlash loyihasi (15 million AQSh dollari miqdoridagi granti)

Yuqori darajadagi oldingi o‘rinda turgan fransuz modeli

FTAning maqsadi - uning ishtirokidagi ulushining kamida 50% iqlimni muhofaza qilish tadbirlarining qo‘shma manfaatlariga erishish. Bundan buyon FTAning yangi strategiyasi FTAning Parij bitimiga 100% mos keladigan moliyalashtirishni ta’minlaydigan birinchi ikki tomonlama rivojlanish banki bo‘lishini nazarda tutadi. O‘tgan 10 yil davomida iqlim muhofazasini moliyalashtirish uchun 24 milliard yevro ajratildi, bu esa 2020-yilga kelib yiliga 5 milliard yevroga, shu jumladan, iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun mo‘ljallangan 1,2 milliard yevrogacha ko‘tariladi.

«Yashil iqlim fondida akkreditatsiya qilinganligi sharofati bilan, Fransiya taraqqiyot agentligi Parij bitimini amalga oshirishni yanada tezlashtiradi. Ko‘proq iqlimga qaratilgan qo‘shimcha resurslarni safarbar etamiz, rivojlanayotgan davlatlarni kam uglerodli rivojlanish yo‘llarida qo‘llab-quvvatlash va iqlim o‘zgarishining oqibatlariga barqaror bo‘lish uchun ko‘proq harakat qilamiz. Biz buni sherik va hamkorlarimiz bilan birgalikda, ayniqsa, Shimoliy va Janubiy rivojlanish banklari XRMK (Xalqaro rivojlantirish moliyaviy klubi) tarmog‘ida amalga oshiramiz. Ushbu akkreditatsiya Fransiyaning yangi va kam o‘rganilgan geografik hududlardagi ishtirokini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari, Fransiyaning yuqori sifat va atrof-muhit standartlariga muvofiq, iqlim muhofazasini moliyalashtirish bo‘yicha o‘n yildan ortiq tajriba natijalari sifatining tan olinishidir», - deydi Fransiya taraqqiyot agentligi bosh directori Remi Riu.

Yashil iqlim fondi

Yashil iqlim fondi 2010-yilda rivojlanayotgan mamlakatlardagi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni moliyalashtirishning asosiy vositalaridan biri sifatida tashkil etilgan. U o‘z mablag‘larini davlat va xususiy tashkilotlarga topshiradi va bugungi kunda 54 ta xalqaro, mintaqaviy va milliy tashkilotlarlardan iborat tarmoqqa ega.
Yashil iqlim fondi Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishi konventsiyasiga (BMIO‘K) a’zo bo‘lgan va moliyalashtirish mexanizmlaridan biri bo‘lgan 194 mamlakat tomonidan tashkil etilgan. U Konventsiya tamoyillari va qoidalariga asosan iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va ularga moslashish uchun teng moliyalashtirishni nazarda tutadi. Bugungi kunga kelib Fondga ajratilagan mablag‘lar 10,2 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.

Fransiya taraqqiyot agentligi haqida

FTA, rivojlanish va hamjihatlik uchun tashkil etilgan Fransiya davlat banki bo‘lgan holda, odamlarning kundalik hayotini yaxshilashga va rivojlanayotgan mamlakatlarda, bozorlari shakllanayotgan mamlakatlarda va dengiz orti hududlarda amalga oshiriladigan loyihalarga sodiqdir. Energetika, sog‘liqni saqlash, biologik xilma-xillik, suv, raqamli sektor, ta’lim kabi ko‘plab sohalarda ishtirok etib - FTA yanada universal, xavfsizroq, adolatli va barqaror dunyoga o‘tishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Uning harakatlari Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos keladi. FTA 85 ta ofislar tarmog‘i orqali 108 mamlakatda ishtirok etib, hozirda 2500 dan ortiq rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradi, boshqaradi va qo‘llab-quvvatlaydi. 2016-yilda FTA rivojlanayotgan mamlakatlarda va dengiz orti hududlari foydasiga loyihalarni moliyalashtirish uchun 9,4 milliard yevro ajratdi.

publie le 28/02/2018

hautdepage