Fransiya taraqqiyot agentligi va O‘zbekiston hukumati Toshkentda ilk ikki tomonlama yillik maslahatlashuvlar o‘tkazdi [fr] [ru]

23-may kuni Toshkent shahrida Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida ilk ikki tomonlama yillik maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Maslahatlashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor va FTAning Osiyo bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jan-Klod Pires boshchiligida hamda davlat idoralari va vazirliklar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, 25-may kuni FTA vakillari Bosh vazir o‘rinbosari va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Suhrob Xolmurodov bilan uchrashishdi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlar doirasida O‘zbekiston hukumatining 2017-2021-yillar uchun rivojlanish strategiyasi hamda FTAning Osiyodagi strategiyasining o‘zaro o‘xshash taraflari yuzasidan fikr almashildi. FTA va Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekistonda moliyalashtirilgan ilk loyiha bo‘lmish “Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni yaxlit boshqarish” loyihasining amalga oshirilishi ham muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Parij shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va FTA bosh direktori Remi Riu o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi.

Shu bilan birga, o‘zaro muzokaralar natijasida FTAning 2018-2021-yillar uchun loyihalar portfeliga aniqliklar kiritildi. Muhokama qilingan loyihalarning umumiy qiymati 600 mln yevrodan ortiq bo‘lib, ular, jumladan, suvni tozalash tizimlari va suv ta’minoti, gidroelektrostansiyalarni modernizatsiyalash va qurish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilikni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish, Toshkent viloyati issiqlik tizimini modernizatsiya qilish, davlat tomonidan olib borilayotgan islohatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat kreditlarini ajratish hamda turizmni rivojlantirish kabi qator sohalarni qamrab oladi. Shuningdek, maslahatlashuvlar chog‘ida FTA, Yevropa Ittifoqi “Markaziy Osiyoga investitsiyalar kiritish granti”ga qo‘shimcha o‘laroq, har yili 150 mln yevro miqdorda mablag‘ ajratishga tayyor ekanligini bildirdi.

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan FTA Toshkentdagi mintaqaviy vakolatxonasi 23-may kuni yillik maslahatlashuvlardan so‘ng vakolatxonaning tantanali ochilishi marosimini o‘tkazdi. “Mazkur maslahatlashuvlar juda samarali o‘tdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Men FTA va O‘zbekiston o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik uchun zamin yaratuvchi shunday muhim jarayonda ishtirok etish men uchun katta sharaf” dedi Jan-Klod Pires.

Les participants des consultations bilatérales annuelles entre l'AFD et le Gouvernement ouzbek
Premières consultations bilatérales annuelles entre l'AFD et le Gouvernement ouzbek
M. Jozan, chef du bureau de représentation régional de l'AFD à Tachkent
M. Shukhrat Vafaev, Vice-président du comité d'État pour les investissements (à droite), Mme Violaine de Villemeur, Ambassadeur de France en Ouzbékistan, M. Jean-Claude Pires, directeur adjoint du département Asie de l'AFD (à gauche)

Fransiya taraqqiyot agentligi davlat moliya muassasasi bo‘lib, Fransiya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu tashkilot rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda aholi yashash sharoitini yaxshilash, iqtisodiy o‘sishni va barqaror rivojlanishni ta’minlashga ko‘maklashishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan. U dunyoning 108 davlatida o‘zining 85 ta vakolatxonasi vositasida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. FTA loyihalariga ajratilgan mablag‘ 2017-yilda 10.4 mlrd yevroni tashkil etdi. Hozirda FTA Osiyoning 18 mamlakatida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, atrof-muhit va tabiiy resurslar, suv va sanitariya, shahar infratizimini rivojlantirish sohalari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. FTA o‘z loyihalarini moliyalashtirish va amalga oshirishda Yevropa Ittifoqi, Jahon banki hamda Osiyo taraqqiyot banki kabi moliyaviy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

publie le 06/06/2018

hautdepage