Fransiya tashqi ishlar vazirining Toshkentga tashrifi

Joriy yil 2-mart kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius O`zbekistonga tashrif buyurdi.

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan uchrashuvidan so`ng, vazir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Oqsaroyda qabul qilindi. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning rivoji va Fransiya sarmoyalarini jalb qilish istiqbollarini muhokama qildilar hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb muammolar bo`yicha fikr almashdilar.

JPEG

Surat: Sarvar O`rmonov / O`zA

Bundan tashqari tashrif doirasida Fransiyaning qator yirik kompaniyalari, jumladan delegatsiya tarkibida Parijdan kelgan kompaniyalar rahbarlari ishtirokida biznes-forum bo`lib o`tdi. Fransiyalik tadbirkorlar O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G`aniyev bilan uchrashdilar va O`zbekistonlik hamkorlari bilan amaliy aloqalarni o`rnatish va mustahkamlash imkoniyatiga ega bo`ldilar. Mazkur tashrif yakunida iqtisodiy yo`nalishga oid qator shartnomalar, jumladan Fransiya taraqqiyot agentligi va O`zbekiston Respublikasi hukumati o`rtasida O`zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

JPEG

publie le 11/03/2013

hautdepage