Fransiya tomonidan tashkil etilgan merganlik bo‘yicha instruktorlarni tayyorlash treningi [fr] [ru]

Toshkentdagi Fransiya elchixonasining Mudofaa masalalari bo‘yicha missiyasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari uchun merganlik mahorati bo‘yicha instruktorlarni tayyorlash borasida trening mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Xorijiy Legionning 13-yarimbrigadasi mutaxassislari «Forish» poligonida merganlarni tayyorlash bo‘yicha bo‘lajak o‘zbek instruktorlari uchun mashg‘ulotlar olib bordilar. Trening do‘stona muhitda o‘tdi va O‘zbekiston harbiylari ushbu sohadagi Fransiya armiyasining tajribalarini baholash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

JPEG - 267 ko
Stage de formation des formateurs au tir de précision organisé par la France
© ambassade de France en Ouzbékistan

publie le 09/10/2018

hautdepage