Fransiya va O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi [fr] [ru]

O‘rta Osiyo davlatlari bilan 1992-yilda o‘rnatilgan diplomatik munosabatlarning 25 yilligini nishonlash uchun 2017-yil 29-mart kuni Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro o‘z idorasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalari Tashqi ishlar vazirlarini qabul qiladi.

Tashqi ishlar vaziri o‘z mehmonlari bilan muloqot chog‘ida Fransiya va ushbu davlatlar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish, xalqaro miqyosdagi muammolar yechimini topishda, jumladan, terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish borasida fikr almashadi. Ushbu davlatlarning turli jabhalarda rivojlanishida Fransiya ko‘mak berishga tayyor ekanligi ham yana bir bor ta’kidlab o‘tiladi. Turli sohalarda, jumladan, maorif va madaniyat sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalari ham kun tartibida.
Ushbu yubiley munosabati bilan Jan-Mark Eyro Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Azamat Usenov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Husaynzoda, Turkmaniston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Vepa Hajiyevlar bilan alohida ikkitomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Tashqi ishlar vazirligida mehmonlarga Fransiya va O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida so‘nggi 25 yillik diplomatik aloqalar tarixini tasvirlovchi ko‘rgazma namoyish etiladi.

JPEG

publie le 30/03/2017

hautdepage