"Fransiyaga bir oylik sayohat" tanlovi

Fransiya elchixonasi «Lions club de France» xalqaro frankofon markazlari bilan hamkorlikda 18-25 yoshlar orasidagi fransuz tilini o‘rganayotgan talabalar e’tiboriga yangi tanlov e’lon qiladi.

Muhtaram talabalar! «Fransiyaga bir oylik sayohat» tanlovimizda ishtirok eting va 2016-yil iyul oyida Fransiyaga safar yo‘llanmasini yutib oling!

Ushbu sayohat «Lions club de France» xalqaro frankofon markazlari tomonidan taqdim etiladi. Fransiyaga borish-kelish samolyot biletlarini g‘olib nomzodning o‘zi sotib oladi. Mazkur markazlar har yili yozda butun dunyodan frankofon yoshlarni Fransiyaga taklif etadi. Batafsil ma’lumotlar uchun: www.amicif.fr

Quyida tanlov qoidalari bilan tanishishingiz mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun so‘rovnomalaringizni 2016-yil 4-martdan kechiktirmasdan bizga yuboring.

Tanlovga yozilish varaqasi (Word - 2.5 mb)
Tanlov qoidalari (PDF - 425.5 kb)

publie le 30/03/2016

hautdepage