«Fransiyaga bir oylik sayohat» tanlovi : Fransiyaga sayohat uchun ikkita yo‘llanma! [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi «Lions club de France» xalqaro frankofon markazlari uyushmasi bilan hamkorlikda ikkinchi bor «Fransiyaga bir oylik sayohat» tanlovini o‘tkazadi. Tanlovda 18-25 yoshlardagi o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Hurmatli talabalar, fransuz tilida gapirsangiz, turmush qurmagan bo‘lsangiz, 18-25 yoshlar oralig‘ida bo‘lsangiz, sizda «Fransiyaga bir oylik sayohat» tanlovida ishtirok etib, 2017-yilning iyul oyida Fransiyaga ikkita sayohatning birini yutib olish imkoniyati mavjud.

Ushbu sayohatlarni «Lions club de France» xalqaro frankofon markazlari uyushmasi taqdim etadi.

Ushbu markazlar har yili yoz oylarida butun dunyodan tashrif buyuradigan yosh frankofonlarni kutib olishadi. Batafsil ma’lumotlar uchun havola: www.amicif.fr

Tanlov qoidalari bilan tanishing va 2017-yil 7-martdan kechikmay ishtirok etish uchun yoziling! Sizni kutib qolamiz!

Word - 337.9 ko
(Word - 337.9 ko)
PDF - 129.7 ko
(PDF - 129.7 ko)

publie le 15/02/2017

hautdepage