Fransiyalik Rimendo jaz guruhining konserti (12-oktabr kuni soat 18.30 da) [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi va Botir Zokirov nomidagi simfonik orkestr bilan birgalikda tashkil etilayotgan Rimendo jaz guruhining konsertiga sizni taklif etadi. Konsert 12-oktabr kuni soat 18.30 da Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasining katta zalida boʻlib oʻtadi.

5 sanʼatkordan iborat Rimendo guruhi “Rimendo Boris Vianni ijro etadi” nomli spektaklni taqdim etadi. Ushbu kecha fransuz yozuvchisi, shoir, xonanda va jaz musiqachisi Boris Vian sheʼriyatiga bagʻishlanadi.

Ma’lumot uchun telefonlar: (90) 1858955; (94) 6195310; (90) 9886173

JPEG - 322.1 ko
Le groupe de jazz français Rimendo

publie le 10/10/2018

hautdepage