Fransiyalik deputatlar sharafiga qabul marosimi

Fransiya Milliy assambleyasining «Fransiya-O‘zbekiston» do‘stlik guruhi raisi Filip Menye boshchiligidagi parlament delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurdi. Rona departamentidan saylangan deputat janob Menyega do‘stlik guruhi raisi o‘rinbosari Erve Feron hamda guruh a’zolari Moris Lerua va Patris Vercherlar hamrohlik qilmoqda. Deputatlar tashrifi munosabati bilan 20-oktabr kuni Fransiya elchisi qarorgohida qabul marosimi o‘tkazildi.

Qabul marosimida o‘zbek parlamentariylari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining To‘lqin Eshnazarov rahbarligidagi «O‘zbekiston-Fransiya» do‘stlik guruhi a’zolari, Fransiya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari hamda Toshkentda istiqomat qiluvchi Fransiya fuqarolari ishtirok etishdi.

Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari tobora rivojlanib borayotgan Fransiya-O‘zbekiston parlamentlararo aloqalarini hamda Fransiya va O‘zbekiston korxonalari faoliyatini olqishladi.

M. Philippe Meunier et les parlementaires et ouzbeks

publie le 28/10/2015

hautdepage