Fransiyalik deputatlarning O‘zbekistonga tashrifi (2015-yil 19-22-oktabr)

Fransiya Milliy assambleyasining «Fransiya-O‘zbekiston» do‘stlik guruhi raisi Filip Menye boshchiligidagi parlament delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining taklifiga binoan joriy yilning 19-22-oktabr kunlari Toshkentga tashrif buyurdi. Rona departamentidan saylangan deputat F. Menyega do‘stlik guruhi raisi o‘rinbosari, Meurthe-et-Moselle departamentidan saylangan deputat Erve Feron hamda guruh a’zolari - Loir-et-Cher departamentidan saylangan deputat va sobiq Shaharlar taraqqiyoti vaziri Moris Lerua hamda Rona departamentidan saylangan deputat Patris Vercher hamrohlik qilishdi.

Tashrif chog‘ida Fransiya delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining To‘lqin Eshnazarov rahbarligidagi «O‘zbekiston-Fransiya» do‘stlik guruhi a’zolari tomonidan qabul qilindi. Tomonlar parlamentlararo va institutsional hamkorlik hamda ekologik muammolar (Orol dengizi muammosi, atrof-muhit ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi) bo‘yicha fikr almashishdi va ikki tomonlama tashriflar vositasida parlamantlararo aloqalarni yanada rivojlantirish natijasi o‘laroq davlatlarimiz o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga kelishib oldilar.

Shu yilning iyun oyida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonda parlament tizimini yanada mustahkamlash loyihasi doirasida Fransiyaga safar qilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi S. Safoyev, senatorlar S. Baratova va Umarovlar fransiyalik deputatlarga Senat faoliyatini tanishtirishdi, Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida parlamentlararo aloqalarning yuqori darajada ekanligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Fransiyalik deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov tomonidan qabul qilindi. Muloqot paytida hududiy va xalqaro masalalar to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi.

Milliy assambleya deputatlarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ulug‘bek Muhammadiyev bilan muloqoti chog‘ida Ombudsmanning joriy yil iyun oyida Fransiyaga safari natijasida o‘zaro hamkorlik istiqbollari to‘g‘risida so‘z yuritildi. Ulug‘bek Muhammadiyev safar mobaynida Fransiya inson huquqlari himoyachisi hamda inson huquqlari himoyasi sohasida faoliyat yurituvchi bir qator muassasalar mutasaddilari bilan uchrashgan edi.

Iqtisodiy, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik aloqalari istiqbollari masalasi delegatsiyaning O‘zbekiston savdo va sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov bilan muloqoti paytida asosiy mavzu bo‘ldi.

Tashrif doirasida fransiyalik deputatlar O‘zbekiston me’moriy va madaniy merosi namunalari bilan tanishish, shuningdek, sayyohlik salohiyatini o‘rganish maqsadida Toshkent va Samarqand shaharlarini tomosha qilishdi. Lion shahri bilan birodarlashgan Samarqandga tashrifi mobaynida deputatlar shahar hokimiyatida bo‘lishib, hamkorlik aloqalari to‘g‘risida fikr almashishdi.

A la Chambre basse ouzbèke
Les Députés français avec les membres du groupe d'amitié "Ouzbékistan-France" de la Chambre basse ouzbèke
Avec M. Alicher Chaïkov, Président de la Chambre de commerce et d'industrie d'Ouzbékistan
Au Sénat ouzbek
Les Députés français avec M. Ulugbek Mukhammadiev, Ombudsman ouzbek
Avec M. Abdulaziz Kamilov, Ministre ouzbek des Affaires étrangères

publie le 03/11/2015

hautdepage