Fransiyalik modelyer Toshkentda

«Art Expo Service» kompaniyasi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurgan parijlik modelyer David Vinsen KAMUGLIO 21-yanvar kuni Osiyo Grand saroyida bo‘lib o‘tgan «Angish» modalar festivalida o’zining yangi liboslar kolleksiyasini taqdim etdi.

Tashrif doirasida modelyer yosh o‘zbek libos dizaynerlari bilan muloqotda bo‘ldi, shuningdek, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Respublika rassomlik kollejida mahorat darslarini o‘tkazdi.

publie le 27/01/2015

hautdepage