Fransiyalik mutaxassis Luk Toven boshchiligida hujjatli filmlar suratga olish bo‘yicha malaka oshirish seminari [fr] [ru]

Toshkent Davlat san’at va madaniyat institutida kuni kecha hujjatli filmlar suratga olish bo‘yicha besh kunlik malaka oshirish seminari boshlandi. Seminar UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magi bilan Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etildi. Mazkur seminarni Toshkent Davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshev, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Fuad Pashayev, Fransiya elchixonasining madaniyat va hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Emili Dezormyer ochib berishdi.

Seminar davomida rejissyor va pedagog Luk Toven ushbu institut talabalari, «Fokus» xususiy maktabi tinglovchilari hamda Uzbekkino mutaxassislari, jami 35 kishidan iborat stajyorlarga dars o‘tadi. Seminar maqsadi hujjatli filmni suratga olish bosqichlarini, jarayonlari, yondashuvlarni ko‘rib chiqish, hujjatli filmni yaratish sir-sinoatlarini ochib berishdir.

Elchixona va Toshkentdagi kinematografiya mutaxassislari o‘rtasida olib borilgan bir qancha muloqotlardan so‘ng, ushbu tadbir Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida audiovizual sohada hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

publie le 09/07/2019

hautdepage