Fransiyalik pianinochi Erve Sellenning O‘zbekiston Davlat jaz orkestri bilan konserti (29-aprel) [fr] [ru]

UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusiga ko‘ra 7-30-aprel kunlari ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Xalqaro jaz festivali doirasida 29-aprel kuni O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida Botir Zokirov nomidagi O‘zbekiston Davlat jaz orkestri Fransiya elchixonasi tomonidan taklif etilgan pianinochi Erve Sellen bilan birgalikda konsert berdi.

Bir paytning o‘zida ham klassik, ham jaz yo‘nalishida tahsil olgan Erve Sellen konsertda oldiniga amerikalik pianinochi va jaz bastakori Telonius Monk asarlaridan po-purri, keyin esa Debussi va Shopen asarlariga improvizatsiyalar, shuningdek, «Jazzirama» ansambli bilan birgalikda etno-jaz musiqalaridan ijro etdi. «Jazzirama» ansambli asoschisi va rahbari Saidmurot Murotov joriy yil yoz oylarida Parijdagi Xalqaro san’at markazida malaka oshirib keladi.

Parijdagi musiqa va raqs oliy konservatoriyasi o‘qituvchisi Erve Sellen Toshkentga tashrifi chog‘ida Glier nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqiy akademik litseyida hamda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida pianino bo‘yicha mahorat darslari berdi. 30-aprel kuni bo‘lib o‘tkan Xalqaro jaz festivalining yakuniy konsertida ham ishtirok etdi.

L'ambassadeur, M. Jacques-Henry Heuls
Le pianiste français Hervé Sellin
Le pianiste français Hervé Sellin avec l'ensemble d'ethno-jazz Jazzirama

publie le 02/05/2016

hautdepage