Fransiyalik qandolatchining O‘zbekistonga tashrifi

Shirinliklar haftaligi munosabati bilan 12-18-oktabr kunlari Fransiya qandolatchilarni o‘qitish milliy uyushmasi raisi, usta qandolatchi Jan-Sharl Baltazar Toshkentga tashrif buyurib, mahorat darslari berdi. Ushbu tadbir Chaykof restorani bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Chaykof, Assorti, Bibigon va Caravan kabi restoranlar oshpazlari ushbu mahorat darslarida qatnashib, o‘ttizdan oshiq fransuz shirinliklari va pishiriqlarini tayyorlash sirlarini o‘rganishdi.

Mahorat darslari uchun rus tiliga tarjima qilingan retseptlar kitobi tez kunlarda saytimizga qo‘yiladi.

publie le 21/10/2015

hautdepage