Fransiyalik rejissor Antuan Jindtning tashrifi [fr] [ru]

Madaniy hamkorlik siyosati doirasida, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining madaniyat va hamkorlik bo‘limi fransuz opera rejissori va prodyuserini Toshkentga turli madaniy tadbirlarni o’tkazish uchun taklif qildi, shu jumladan, Ilhom teatr maktabining talabalari uchun mahorat darslari; olti kun davomida janob Jindt birinchi kurs talabalari bilan fransuz-yunon bastakori Jorj Apergisning “Suhbatlar” asarini sahnalashtirish bo‘yicha ish olib bordi; Davlat san‘at va madaniyat instituti, Davlat konservatoriyasi va Toshkent fransuz alyansi talabalari va o‘qituvchilari uchun Fransiyada zamonaviy operalarni sahnalashtirish tendensiyalari bo‘yicha suhbat va uchrashuvlar; Bonum Factum galereyasida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Izabel Servoz-Galluchchi ishtirokida Jordano Bruno operasi filmini tomoshasi o‘tkazildi. Ushbu film Portugaliya (Casa da Música de Porto), Fransiya (Strasburgdagi Musiqa festivali, Kan teatri), Italiya (di Reggio Emilia teatri) kabi Yevropa mamlakatlari jamoalarining hamda Arte (film uchun) telekanalining birgalikdagi ishi mahsuli hisoblanadi.

Ta‘kidlash joizki, yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlar bilan bir qatorda janob Jindt Fransiya elchixonasining madaniyat va hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Emili Dezormier xonim bilan birgalikda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ma‘muriyati bilan uchrashdi va kelgusidagi hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

"Ilhom" teatr maktabi o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan mahorat darslari sahna ko‘rinishi namoyishi bilan yakunlandi va mazkur namoyishga Fransiya elchisi Servoz-Galluchchi xonim tashrib buyurdi. Mahorat darslari natijalari yuqori sifatga ega bo‘lib, bu kelgusi 2020-yil uchun hamkorlik loyihasining debochasi bo’lib xizmat qilishi mumkin.

publie le 04/12/2019

hautdepage