Fransiyalik talabalarning 51-maktabda amaliyoti [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi ko‘magida Lion universiteti qoshidagi Sent-Etien Pedagogika va ta’lim oliy maktabi (ESPE) va Toshkent shahar 51-son o‘rta umumta’lim maktabi o‘rtasida ilk hamkorlik loyihasi amalga oshirildi. Sent-Etien Pedagogika va ta’lim oliy maktabining 3 nafar magistranti: Gulchin, Laura et Karolan joriy yilning 18-fevralidan 15-martigacha ushbu maktabda 4 haftalik pedagogik stajirovka o‘tishdi. Mazkur stajirovka avvalo darslarni kuzatishdan, so‘nggi bosqichda esa, darslar o‘tishdan iborat bo‘ldi.

Fransuz talabalari rahbari Valeri Rober ham ularning amaliyotini kuzatish uchun 51-maktabga tashrif buyurdi hamda, fursatdan foydalanib, Samarqand shahar Lusyen Keren nomidagi 43-son o‘rta umumta’lim maktabida ham bo‘ldi. Valeri Rober maktab rahbariyati bilan 2020-yil bu maktabda ham fransuz talabalari stajirovkasini tashkil qilish borasida kelishib oldi.

51-maktab direktori va fransuz tili o‘qituvchilari keyingi yil ham bunday stajyorlarni qabul qilish istagida. Fransuz talabalari O‘zbekiston o‘rta ta’lim tizimini bevosita o‘rganganliklaridan mamnun holda o‘z yurtlariga qaytdilar. 51-maktab fransuz tili o‘qituvchilari jamoasiga esa fransuz talabalari ishi g‘oyatda ma’qul bo‘ldi. Bunday tajriba o‘zbek o‘quvchilarining fransuz tilini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishga xizmat qiladi.

Stagiaire française à l'école 51 de Tachkent
Stagiaires française à l'école 51 de Tachkent
Stagiaire française à l'école 51 de Tachkent
Stagiaire française à l'école 51 de Tachkent
Stagiaires française à l'école 51 de Tachkent
Stagiaires française à l'école 51 de Tachkent

publie le 05/04/2019

hautdepage