Fransiyaning O’zbekistondagi elchisi tarjimai holi [fr] [ru]

Izabel Servoz-Galluchchi 2019-yil 2-sentabrda Fransiyaning O’zbekistondagi elchisi lavozimida o’z faoliyatini boshladi. Ma’lumoti bo’yicha yurist, xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar bo’yicha mutaxassis. Parij-Sorbonna universitetini slavyanshunoslik, shuningdek Parijdagi Panteon-Assas universitetining xalqaro boshqaruv va siyosatshunoslik fakultetlarini tamomlagan.

I. Servoz-Galluchchi Politexnika Institutidagi (1995y.) Strategiyalar va texnologiyalar bo’yicha izlanishlar va tadqiqotlar markazida (CREST) tadqiqotchi bo’lib ishlagan, so’ngra hukumatlararo va ko’p tomonlama sektorda ish faoliyatini olib bordi hamda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT), Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Kengashida turli lavozimlarni egallagan. Jumladan, I. Servoz-Galluchchi Bosniya va Gersegovinada YeXHT uchun (1996y.), Yevropa Parlamentining Tadqiqotlar Bosh boshqarmasida (1997y.), Yevropa Kengashining Siyosiy Ishlar Bosh boshqarmasida (1997-2000yy.) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kosovodagi muvaqqat ma’muriyat missiyasida (2001-2002yy.) faoliyat olib borgan.

2003-yildan boshlab I. Servoz-Galluchchi Yevropa Kengashining Tashqi aloqalar boshqarmasida, so’ngra Siyosiy masalalar va demokratiya boshqarmasida, Qiynoq va jazolarning hamda qadr-qimmatni kamsituvchi harakatlar oldini olish bo’yicha Yevropa qo’mitasida va dasturlar bosh boshqarmasining idorasida ishlagan. Fransiya Tashqi ishlar vazirligida ish faoliyatini boshlashdan oldin, I. Servoz-Galluchchi 2015-yildan 2019-yilgacha Prishtinadagi Yevropa Kengashining idorasini boshqargan.

1970-yilda tug’ilgan. Oilali. Fransuz (ona tili), ingliz, rus va serb tillarini biladi. Xususiy samolyot uchuvchisi litsenziyasiga ega.

JPEG

publie le 23/09/2019

hautdepage