Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ilk bor o‘tkazilgan Xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida muvaffaqiyat bilan ishtirok etdi [fr] [ru]

«ITE Uzbekistan» kompaniyasi 3-5-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Xalqaro ta’lim ko‘rgazmasini tashkil etdi. Ko‘rgazmada Yevropa, Osiyo va O‘zbekistondagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ishtirok etishdi.

Fransiya elchixonasi ushbu marosimda Kampus Frans agentligi vositasida ishtirok etdi. Mazkur agentlikning O‘zbekistondagi bo‘limi uch kun davomida Fransiyada oliy ta’lim tizimini targ‘ib etdi, Fransiyada ta’lim olish imkoniyatlari, o‘zbekistonlik talabalar uchun aniq fanlar, tibbiyot, turizm, qishloq xo‘jaligi, arxeologiya, tekstil kabi dolzarb mutaxassisliklarda ta’lim olish uchun taqdim etilgan stipendiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Ushbu ko‘rgazmada Toshkent fransuz alyansi ham ishtirok etib, o‘z faoliyati, fransuz tili kurslari, unda o‘tkaziladigan imtihonlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Ta’lim ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Fransiya, Angliya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Malayziya va Bangladeshdan 50 dan ortiq muassasalar ishtirok etishdi. Uch kun davomida Toshkent shahridan va viloyatlardan 6 mingdan ortiq kishi ko‘rgazmaga kelib, yuqorida tilga olingan mamlakatlarda ta’lim imkoniyatlari to‘g‘risida keng ma’lumotlar olsihga muvaffaq bo‘lishdi.
Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim britaniyalik, malayziyalik va bangladeshlik hamkasblari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakili Komiljon Karimovlar bilan birgalikda ko‘rgazmaning rasmiy ochilishida ishtirok etdi.
Elchi Fransiyada oliy ta’lim olish imkoniyatlari, shuningdek, iqtidorli talabalar uchun Fransiya davlat stipendiyalari xususida to‘xtalib o‘tdi.

publie le 12/04/2017

hautdepage