Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Violen de Vilmor xonim [fr] [ru]

Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Violen de Vilmor xonim 2016-yil 17-sentabrdan o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.

Violen de Vilmor xonim o‘tgan safar 2015-yil iyun oyida «MEDEF International» missiyasi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. O‘shanda ushbu mamlakat o‘z mehmonnavozligi bilan, iqtisodiyotning barcha sohalaridagi ulkan imkoniyatlari bilan de Vilmor xonimni maftun etgan edi. Bundan tashqari elchi xonim Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligidagi faoliyati hamda O‘rta Osiyo mintaqasini ham qamrab oluvchi Kontinental Yevropa boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasidagi xizmati davomida orttirgan tajribalari taqozosi bilan mintaqani, xususan, O‘zbekistonni ham yaxshi biladi.

Xonim tarix, iqtisodiyot va boshqaruv bo‘yicha tahsil olgan, shuningdek, bir qator chet tillarini, shu qatorda rus tilini ham o‘rgangan.

Elchi sifatida Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosat, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tijorat, madaniyat, tilshunoslik, universitetlararo, texnik va texnologik hamkorlik sohalaridagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish uchun faol harakat qilish istagida.

Ishonch yorliqlarini taqdim qilishni kutayotgan Violen de Vilmor xonim Fransiya va O‘zbekiston aloqalarini mustahkamlash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan fransuz, o‘zbek va boshqa davlatlar vakillaridan iborat ko‘plab hamkorlar bilan uchrashib muloqot qilmoqchi.

Elchi tarjimai holi bilan tanishish uchun havola (PDF - 12.6 ko)

publie le 21/09/2016

hautdepage