Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ishonch yorliqlarI nusxalarini topshirdi [fr] [ru]

Izabel Servoz-Galluchchi xonim 2019-yil 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Elchi ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik va hamkorlik munosabatlariga urg‘u berdi hamda ularni yanada mustahkamlash istagini bildirdi. Elchi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar hamda butun Markaziy Osiyo, xususan, Afg‘oniston bilan olib borilayotgan mintaqaviy hamkorlik siyosati Fransiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bildirib o‘tdi.

Tashqi ishlar vaziri yangi elchini iliq qabul qildi hamda ikki tomonlama munosabatlar, savdo-iqtisodiy aloqalar va investitsion loyihalarni rivojlantirish istagini bildirdi.

publie le 17/10/2019

hautdepage