Fransiyaning «Umid zanjiri» nodavlat tashkiloti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi

«Sen Yolg‘iz Emassan» xayriya fondi taklifiga binoan Fransiyaning «Umid zanjiri» nodavlat tashkiloti delegatsiyasi 1-3-iyul kunlari Toshkentda bo‘ldi.

Delegatsiya bolalar kardiojarrohi professor Olivye Baron, bolalar visseral jarrohi professor Pyer Helardo hamda bolalar reanimator-anesteziologi Katrin Amreynlardan iborat edi. Fransiyalik va o‘zbek mutaxassislar birgalikda bemorlarni tekshiruvdan o‘tkazishdi. Professor Baron akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida uch yoshli qizchada yurak jarrohligini amalga oshirdi. Bunda unga doktor Hakim Abralov assistentlik qildi. Qizcha jarrohlikdan keyin o‘zini yaxshi his qilmoqda.

«Umid zanjiri» dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida kam ta’minlangan oilalardagi og‘ir xastalikka uchragan bolalarga tibbiy yordam berib kelayotgan fransuz uyushmasidir.

publie le 07/07/2015

hautdepage