Fransuz alyansi fondi raisi Jerom Klemanning ma’ruzasi (4-may Toshkent fransuz alyansida) [fr] [ru]

Fransuz alyansi fondi raisi Jerom Kleman 4-may kuni soat 18:30 da Toshkent fransuz alyansida «Fransuz alyanslari tarmog‘i dunyo bo‘ylab» mavzusida ma’ruza qiladi (ma’ruza fransuz tilida, rus tiliga tarjima qilinadi).

Parijda joylashgan mazkur fond dunyoning 5 qit’asidan 800 dan ortiq fransuz alyanslarini birlashtirganligi sababli yer yuzidagi eng yirik madaniy muassasalar tarmog‘i hisoblanadi. J. Kleman Fransiya Respublikasi hukumatida madaniyat sohasidagi nufuzli vazifalarni bajargan, «Arte» fransuz-nemis madaniy telekanalini 1989-yil asos solinganidan to 2011 yilgacha boshqargan.

publie le 06/05/2016

hautdepage