Fransuz alyansi fondi raisi Jerom Klemanning tashrifi [fr] [ru]

Fransuz alyansi fondi (FAF) raisi Jerom Kleman 4-6-may kunlari Toshkent va Buxoro shaharlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida J. Kleman janoblari Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i D. Ahatov bilan, shuningdek, Adliya vaziri o‘rinbosari A. Usmonov bilan uchrashdi. Muloqotlar chog‘ida tomonlar Toshkent fransuz alyansining ilk bir yillik faoliyatini qoniqarli baholashdi.

FAF raisi Toshkent fransuz alyansida rais Sh. Minovarov, direktor Y. Mrachkovskaya hamda o‘qituvchilar jamoasi bilan suhbatlashdi. Keyin butun dunyodagi fransuz alyanslari tarmog‘i borasida ma’ruza qildi. Shu o‘rinda bugungi kunda dunyodagi fransuz alyanslari soni 800 dan oshib ketganligini ta’kidlab o‘tyish joyiz.

Shundan keyin J. Kleman Buxoro shahriga safar qilib, fransuz tiliga talab katta bo‘lgan ushbu sayyohlik shahrida fransuz alyansini ochish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi.

Au ministère des Affaires étrangères
Au ministère de la Justice
Au musée des Beaux-Arts d'Ouzbékistan
A l'Alliance française de Tachkent

publie le 15/06/2016

hautdepage