Fransuz gastronomiyasi Toshkentda rivoj topmoqda [fr] [ru]

Fransiyada 1990-yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan Ta’m haftasi doirasida joriy yilning 10-12-oktabr kunlari Fransiya elchixonasi BON novvoyxonasi bilan hamkorlikda Toshkentdagi bir qator restoranlar novvoylari uchun malaka oshirish seminarini tashkil etdi. Fransiyadan taklif etilgan mutaxassis yoshlar auditoriyasi uchun ham mahorat darslari o‘tdi.

Mazkur seminar va mahorat darslarini «Au Pain de mon Grand-père» tarmog‘i direktori, mohir novvoy Bruno Dinel olib bordi.

Illkirch mehmonxona xo‘jaligi oliy maktabini tugatgan Bruno Dinel o‘z ish faoliyatini qandolatchi sifatida boshlagan. 2003-yilda Monakodagi Otel de Pari mehmonxonasida sommelye bo‘lib ishlagan. 22 yoshidayoq novvoychilik magistri diplomini olgan B. Dinel o‘z shaxsiy retseptlarini yaratib, ko‘plab korxonalar bilan hamkorlik qiladi. 2008-yil yosh bunyodkorlar o‘rtasida jahon chempioni unvonini qo‘lgan kiritgan Bruno Dinel «Xizmatlari uchun» milliy ordeni bilan taqdirlandi.

Bruno Dinel, shuningdek, dunyodagi eng uzun buterbrod (1 km) tayyorlab rekord o‘rnatgan.

BON restorani oshxonasida o‘tkazilgan seminarda Toshkentdagi fransuz gastronomiyasidan taomlar taklif etadigan BON, Caravan, Bibigon, Chaykov, Cake Lab, Sabfatek, Vkusniy xleb va Ecorn kabi bir qator restoranlar va muassasalarning novvoylari ishtirok etishdi. Interfaol usulda o‘tkazilgan seminar mobaynida Bruno Dinel yosh novvoylarga fransuzcha nonlar, brauni, maffini, pitssa, shirinkulcha, kruassanlar tayyorlash sirlarini o‘rgatdi.

Bruno Dinel Toshkentdagi fransuz maktabida ham bo‘lib, o‘quvchilarga non yopish hamda ta’mlarni farqlash bo‘yicha mahorat darsi o‘tdi.

Toshkentdagi turizm va mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kollejiga tashrif buyurgan Bruno Dinel kollej o‘quvchilariga mahorat darsi o‘tib, ularga fransuz nonini yopishni o‘rgatdi. Mazkur tadbir har ikkala tomonga juda ma’qul bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, kollej o‘quchilari bizning novvoyni o‘zlari pishirgan o‘zbek milliy pishiriqlari bilan mehmon qilishdi.

A l'Ecole française de Tachkent
A l'Ecole française de Tachkent
Au collège professionnel en restauration, hôtellerie et tourisme à Tachkent

publie le 16/11/2016

hautdepage