Fransuz jazz guruhining Toshkentga tashrifi [fr] [ru]

YuNESKO tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston Xalqaro jazz festivali doirasida, Aleksi Bajo-Nercessian (pianino), Leo Jane (truba), Pyer Demanj (zarbli asboblar) va Hugo Riviyer (kontrabas) kabi sozandalardan iborat LOWN fransuz jazz kvarteti 30-apreldan 3-mayga qadar Toshkentga tashrif buyurdi. Tashrifi chog‘ida guruh qatnashchilari uchta konsert berdilar, mahorat darslari va fransuz tilini o‘rganayotgan talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

30-aprel kuni LOWN “Turkiston” saroyida Xalqaro jaz festivalining yopilish marosimida o‘zbek san’atkorlari bilan birgalikda qo‘shma konsert berdi. Fransiya elchixonasining madaniyat va hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Emili Dezormiyer xonim, YuNESKO vakolatxonasining rahbari Pilar Alvarez va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori Zair Zairov bilan birga yopilish nutqini so‘zladi.

1-may kuni kvartet “Ilhom” teatrida o‘zbek jaz qo‘shiqchisi Aysel Balich, o‘zbek jaz guruhi “Jazzirama” kabi maxsus taklif etilgan mehmonlar ishtirokida yakkaxon konsert berdi.

2-may kuniga belgilangan konsert, V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi konsert zalida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi Shveytsariya elchisi Olivye Shav janoblari, Emili Dezormier xonim, litsey o‘quvchilari va Konservatoriya talabalari qatnashdilar. Konsertdan so‘ng o‘quvchilar mahorat darsida ishtirok etishdi.

2 va 3-may kunlari LOWN O‘zbekiston milliy universitetida va Toshkent fransuz alyansida fransuz tilini o‘rganayotgan talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda musiqachilar o‘zlarining ijodi haqida so‘zlab berishdi va talabalarning savollariga javob berishdi.

3-may kuni “Ilhom” teatrida LOWN guruhi ishtirokida Milliy telekanalining “Yettinchi studiya” ko‘rsatuvi suratga olindi. Uning efir vaqti va sanasi haqida xabardor bo‘lishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlarimizni muntazam kuzatib boring.

publie le 06/05/2019

hautdepage