Fransuz organisti Olivye Latryning O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida konserti (2016-yil 1-2-aprel)

Fransiya elchixonsi taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurgan Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasini titulli organchisi Olivye Latry O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida 1-2-aprel kunlari konsert berdi.

Ushbu konsertlarda sozanda Sharl Turnemir, Sezar Frank, Olivye Messiaen, Moris Durufle, Luis Viern, Tierri Eskesh kabi bastakorlar asarlaridan ijro etdi. Tomoshabinlar organchining o‘zbek musiqasi asosida improvizatsiyalaridan ham bahramand bo‘lishdi.

Parij milliy musiqa va raqs konservatoriyasi (CNSMDP) professori Olivye Latri o‘z tashrifi mobaynida konservatoriyada organ bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mahorat darsi o‘tdi. Ushbu tadbir CNSMDP va O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining yangi bosqichini nishonlab berdi.

publie le 13/04/2016

hautdepage