Fransuz oshxonasi Toshkent Kulinariya festivalida! [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan XVI Kulinariya festivalida ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etdi

Fransiya elchixonasi jamoasi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2018-yilning 5-may kuni Toshkentdagi "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazmalar markazining hovlisida tashkil qilingan XVI Kulinariya festivalida muvaffaqiyat bilan ishtirok etdi.

Fransiya stendidan taomlarning, pishloqlarning, go‘sht mahsulotlari va fransuz vinosining keng assortimenti joy oldi hamda festival vaqtida pishirilgan breton quymoqlari keng ommani o‘ziga jalb qildi. Elchixona mazkur ajoyib tadbir doirasida 7,5 million so‘m jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Biz homiylarimiz bo‘lgan Chaykof’ga mazali qandolat mahsulotlari uchun, Bon ! ga quymoq tayyorlash mashinasi uchun, shuningdek, La Marée’ga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

publie le 09/07/2018

hautdepage