Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekistonda rivojlanish xizmatida [fr] [ru]

Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) Fransiya hukumati belgilagan siyosatni amalga oshiradigan davlat moliya instituti bo‘lib, 70 yildan ko‘proq vaqt davomida barqaror rivojlanishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

FTA 2015-yilda Toshkentda o‘z faoliyatini boshladi hamda 2018-yil may oyida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi binosida o‘z vakolatxonasini rasmiy ravishda ochdi va ro‘yxatdan o‘tkazdi. 2016-yilning dekabr oyida kelishilgan birinchi loyiha bo‘yicha kelishuv 2018-yilning avgustida imzolandi. Bu Samarqandda qattiq maishiy chiqindilarni kompleks boshqarishni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilgan 23,5 million yevro miqdoridagi kredit bo‘lib, u Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo uchun investitsiya fondi (IFCA) ning 8 million yevro miqdoridagi grantiga qo‘shilgan.

Ushbu birinchi loyihadan so‘ng FTA va O‘zbekiston hukumati 2018–2021-yillarga mo‘ljallangan faoliyat dasturini ishlab chiqish ustida ish olib bordilar. U qishloq xo‘jaligi, suv va kanalizatsiya, gidroelektroenergetika, turizm, shaharlarda issiqlik ta’minoti va chiqindilarni boshqarish sohalaridagi loyihalarni, shuningdek, iqtisodiy va moliyaviy boshqaruvni isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan kreditlarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hamkorlik dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi munosabati bilan, 2018-yil 9-oktabr kuni FTA va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida imzolangan 2018–2021-yillarda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga ilova qilingan. U mazkur davr uchun suveren bo‘lmagan moliyalashtirishdan va xususiy sektorni moliyalashtirishdan tashqari, 600 million yevro miqdoridagi suveren moliyalashtirish bo‘yicha FTA ajratdigan mablag‘larning taxminiy miqdorini belgilaydi.

2018-yil dekabr oyida FTA iqtisodiy va moliyaviy boshqaruvni isloh qilish dasturi uchun 150 million yevro miqdoridagi birinchi kreditini imzoladi. Shunday qilib, FTAning O‘zbekistonga kiritilgan mablag‘lari miqdori 181,5 million yevroni tashkil etdi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun FTAning saytiga tashrif buyuring: http://www.afd.fr/home/pays/asie/ge...

publie le 21/01/2020

hautdepage