Fransuz tili o‘qituvchilari Fransiyada malaka oshirmoqda [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi dekabr oyida 11 nafar fransuz tili o‘qituvchisiga qisqa muddatli lingvistik stajirovka uchun stipendiyalar taqdim etdi. Ushbu o‘qituvchilar Samarqand, Buxoro, Andijon, Toshkent, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahri vakillaridir.

Stajirovka mobaynida o‘qituvchilar nafaqat til bilim darajalarini oshirish, ta’limning yangi metodlarini o‘zlashtrish, ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalar o‘rnatish, balki fransuz madaniyati bilan tanishish hamda o‘zbek milliy madaniy an’analarini fransuzlarga tanishtirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ushbu stajirovka maqsadlari akademik hamkorlik doirasidagi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining talablaridan kelib chiqadi.

Ayni paytda 6 kishidan iborat guruh Monpelye shahridagi «Accent français» til maktabida til va chet tili o‘qitish metodikasi bo‘yicha malaka oshirmoqda. Ikkinchi guruh esa Vishi shahridagi fransuz alyansi CAVILAMda ta’lim olmoqda.

Ta’lim dasturida: fransuz tili va fransuz tilini o‘qitish metodikasi darslari, madaniy tadbirlar hamda tajriba almashinuvlar.

2019-yilda jami 15 nafar fransuz tili o‘qituvchisi Fransiya elchixonasining bunday stipendiyalari sohibi bo‘lishdi.

publie le 11/12/2019

hautdepage