Fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminari: 18-21-aprel [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi 18-21-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti (XTXQTMOMI) bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan hududiy miqyosidagi malaka oshirish seminarini tashkil etdi.

Fransiya elchisi Jak-Anri Els, Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar boshqarmasi boshlig‘i Abdurahim Nosirov va XTXQTMOMI rektori Maqsudjon Yo‘ldoshevlar mazkur seminarni ochib berishdi. Seminarda Andijon, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari va poytaxtdan kelgan 40 nafar o‘qituvchi o‘z malakalarini oshirishdi.

Fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis Elodi Ressush olib borgan ushbu seminar fransuz tili o‘qituvchilarini trener-o‘qituvchi sifatida qayta tayyorlash uchun 2015-yil yo‘lga qo‘yilgan seminarlar turkumining 2-qismi hisoblanadi.

E. Ressush 25-28-aprel kunlari ayni dasturdagi seminarni Buxoro shahrida mamlakatning janubi-g‘arbiy viloyatlari o‘qituvchilari bilan olib boradi. Seminar Buxoro viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida bo‘lib o‘tadi.

publie le 22/04/2016

hautdepage