Fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminari: DELF-DALF imtihonlarini tekshiruvchilarni tayyorlash [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi DELF va DALF imtihonlarini tekshiruvchi vakolatini olishga tayyorlov seminarini tashkil etdi.

Fransiya elchixonasi 27-31-mart kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda DELF (Fransuz tilidan bilim darajasini tasdiqlovchi diplom) va DALF (Fransuz tilidan chuqur bilimlarga ega ekanligini tasdiqlovchi diplom) imtihonlarini tekshiruvchi vakolatini olishga tayyorlov seminarini tashkil etdi.
Sevrdagi Xalqaro pedagogik tadqiqotlar markazi mutaxassisi Nelli Briye o‘tkazgan ushbu seminarda respublikaning turli hududlaridagi maktab, litsey va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim beruvchi 25 nafar fransuz tili o‘qituvchisi ishtirok etdi.
Mazkur seminar DELF-DALF imtihonlari tekshiruvchilari va/yoki trenerlari tarmog‘ini yaratish doirasida tashkil etiladigan seminarlar jumlasiga kiradi. DELF-DALF imtihonlarini tekshiruvchi vakolatini olgan o‘qituvchilar may oyi oxirlarida Toshkent fransuz alyansida o‘tkaziladigan DELF-DALF imtihonlarida ishtirok etish va tekshirish ychun taklif etiladilar. Shundan keyin ular iyun oyida yozgi maktab doirasida bo‘lib o‘tadigan DELF-DALF imtihonlari treneri vakolatini olishga tayyorlov seminarida ishtirok etadilar.
Ushbu loyiha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklarining ustuvor vazifalariga mos keladi va kelgusida Buxoro va Samarqand shaharlarida ham DELF-DALF imtihonlarini o‘tkazish markazlarini ochish imkoniyatini yaratadi.

publie le 12/04/2017

hautdepage