Fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminari (Urganch, 2-5-noyabr)

2-noyabr kuni Urganch shahridagi 9-son o‘rta maktabda fransuz tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan viloyatlar miqyosidagi malaka oshirish seminari o‘z ishini boshladi. Seminar Fransiya elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminar ochilishida Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahodir Tillayev, Urganch shahar Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri Nigora Qodirova, 9-son maktab direktori Maryam Yusupova, Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi metodisti Gulsunjon Nazarova, Fransiya elchixonasining fransuz tili bo‘yicha attashesi Frederik Viyyom ishtirok etishdi. 52 nafar fransuz tili o‘qituvchilari o‘qiyotgan mazkur seminarni ta’lim sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha mutaxassis Elodi Ressush hamda Bezanson amaliy tilshunoslik markazi metodisti Jan-Kristof Delbendlar olib borishmoqda.

«O‘qituvchilikdan – trenerlikka» deb nomlanuvchi mazkur seminarda ishtirok etayotgan o‘qituvchilarga 2016-yildan boshlab o‘z hamkasblarining til va metodologiya bo‘yicha malakalarini oshirish mas’uliyati yuklangan. Fransiya elchixonasi trener o‘qituvchilar tarmog‘ini yaratishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga ko‘mak berayotganligidan bag‘oyat mamnun.

publie le 03/11/2015

hautdepage