Fransuz tili o‘qituvchilari uchun yozgi maktab katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi tomonidan Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda 14-17-iyun kunlari ilk bor tashkil etilgan yozgi maktab malaka oshirish seminarida 110 nafar fransuz tili o‘qituvchilari va metodistlari ishtirok etishdi.

Parijdagi Fransiya instituti ko‘magi bilan amalga oshirilgan mazkur loyihada mamlakatning turli viloyatlaridan kelgan fransuz tili o‘qituvchilari va metodistlari 20 soatlik malaka oshirish seminarlarida o‘z bilimlarini oshirishdi. Darslarni Bezansondagi Amaliy tilshunoslik markazi (CLA), Pedagogik tadqiqotlar xalqaro markazi (CIEP), «FormationsFle» agentligi va «Les passeurs de mots» nodavlat ta’lim tashkilotidan tashrif buyurgan 6 nafar fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis olib borishdi.

Ko‘pchilik darslar Bo‘ston sanatoriyasi bog‘ida, ochiq havoda o‘tkazildi. Hafta o‘rtasida sevalab o‘tgan yomg‘ir ham o‘qituvchilarning yaxshi kayfiyatiga ta’sir qilmadi. 16-iyun kuni kechqurun seminar ishtirokchlari o‘z trenerlari bilan birgalikda yozgi maktabning yopilish marosimiga ajoyib chiqishlar tayyorlashdi. Marosimda Fransiya elchisi Jak-Anri Els, sanatoriy direktori Farida Akbarova, XTV Umumtа’lim mаktаblаri vа ixtisоslаshtirilgаn mаktаblаr bоshqаrmаsi boshlig‘i Abdurahim Nosirov hamda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektori Shuhrat Qayumovlar ishtirok etishdi. O‘qituvchilar darslar davomida o‘zlari tayyorlashgan kichik sahna asarlari, fransuzcha ashulalar, she’rlar va multimedia klipni taqdim etishdi.

17-iyun kuni o‘qituvchilar, metodistlar va trenerlar 2017-yilgi yozgi maktabda yana uchrashish orzusida bir-birlari bilan xayrlashishdi.

publie le 15/07/2016

hautdepage